"Chelsi" qanot himoyachisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326
Londonning "Chelsi" klubi chap qanot himoyachisi Emerson Palmierni kelasi yilning yozda sotishga tayyor.
Ma'lumki, mavsumning birinchi yarmida himoyachi tez tez asosiy tarkibdan joy oldi. Biroq, Markos Alonsoga raqobatda yutqazdi va asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. Tuttosport nashrining ma'lumotiga qaraganda, Emerson transfer bozorida boshqa futbolchilarni sotib olish niyatida sotib yuborilishi mumkin.
Ayni paytda futbolchining narxi 35 million funt sterling atrofida baholanmoqda. Taxminlarga qaraganda, unga qiziqish bildirayotgan klubdan biri Turinning "Yuventus" klubi bo'lishi mumkin. Lekin, "ko'klar" o'z futbolchisini arzon narxga sotish niyatida emas.
"Chelsi" klubi diretkori Marina Granovskaya Turin klubi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab turadi va bu Emersonni italiyaliklar bilan kelishib olishiga yordam berishi mumkin.