Ibrahimovich kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich ushbu mavsum so'ngida «Milan»ni tark etmoqchi.
"Corriere della Sera" tarqatgan xabarga ko'ra, 38 yoshli futbolchi «rossoneri» amaldagi shartnomasida kelishuvni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi haqida band bo'lsa-da, Zlatan klubda qolmoqchi emas.
Ibrahimovich o'z Vatani Shvetsiyaga qaytib, o'zining egaligidagi «Xammarbyu» klubi sharafini himoya qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi bilan tanaffus tufayli Zlatan Shvetsiyada «Xammarbyu» bazasida o'zining jismoniy holatini saqlab turdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!