Bundesliga qaytmoqda! Qanday intirigalar bizni kutib turibdi?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236
Germaniya Bundesligasi yaqindagina chempionat o'yinlari 16 mayda davom ettirilishi, va so'nggi tur 27 iyunda bo'lib o'tishi borasida rasmiy ma'lumot bilan chiqdi. Eslatib o'tamiz, 25 ta tur ortda qolgan bo'lib, jamoalar yana 9 tadan o'yin o'tkazishlari talab etiladi. Qolgan 9 ta tur davomida Budesligadagi intirigalar bilan Stadion.uz qisqacha tanishtirib o'tadi.
Sovrin va evrokuboglar
Ayni damda Bundesliga g'olibligi uchun “Bavariya”(54 ochko) fovorit bo'lib turibdi. Ulardan keyingi o'rinlarni “Bourssiya Dortmund” (51 ochko) va “RB Leyptsig” klublari egallagan. EChL uchun yo'llanma berishga qodir to'rtinchi o'rin uchun chinakam kurash ketmoqda. “Borussiya M” va “Bayer” klublari o'rtasidagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda. Boz ustiga, oldinda ular o'rtasidagi to'qnashuv ham mavjud. Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda EChLda to'p surishi mumkin bo'lgan 4-jamoa nomini o'sha uchrashuv aniqlab bersa kerak.
Evropa Ligasi uchun yo'llanmalar ham klublar o'rtasida talash. 6-o'rinda borayotgan “Shalke” va 9-o'rindagi Xoffenxaymni 2 ochko ajratib turibdi. Ular o'rtasidan “Frayburg”va “Volfsburg” klublari joy egallagan. Shunindek, EL yo'llanmasi egalaridan 5 ochko ortda qolayotgan “Kyoln”ni ham unutmaslik lozim. Umuman olganda EL yo'llanmasi so'nggi turlardagina o'z egasini topadi. Bunday zich joylashuv bilan oldinda biror narsani aniq aytish mushkul.
Kim Budesligani tark etadi?
Asosiy da'vogar “Paderborn” bo'lib turibdi. Jamoa havfli zonaga eng yaqin klubdandan 10 ochko ortda qolmoqda. Shuningdek “Verder”ning ham bu mavsum sira omadi kelmayapti. Shunga qaramay, ularda 16-o'rin uchun imkoniyat mavjud. Bu o'rinni egallagan klub Bundesligada qolish uchun o'tish uchrashuvlarida maydonga tushish huquqini qo'lga kiritadi. Shuningdek “Fortuna”, “Maynts” “Augsburg” klublari ham Bundesligada jon saqlash uchun kurash olib borishlariga to'g'ri keladi.
“Oltin butsa” kimga nasib etadi?
Katta ehtimol bilan Bundesliganing eng yaxshi to'purari ikki futbolchidan biri bo'lishi kutilmoqda. Ulardan biri Robert Levandovski bo'lsa, ikkinchisi Timo Verner. Uchinchi o'rinda borayotgan Jeydon Sancho ulardan katta farq bilan ortda qolmoqda. Polyak futbolchisi 25 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, “buqalar” forvordi 21 bor gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Sancho o'zining 9 ta goli bilan ularga yaqin ham kela olmasligi turgan gap.
Eng yaxshi assistent?!
Bu borada kurash avjida. “Bavariya”ning universal askari Tomas Myuller (16 ta uzatma) va “Barussiya Dortmund” tineyjeri Jeydon Sancho (15 ta uzamta) Bundesliganing eng yaxshilaridan biri bo'lish uchun ayovsiz kurash olib borishadi. Katta ehtimol bilan g'oliblik ushbu juftlikdagi yigitlardan biriga nasib etadi.
Ulardan keyingi o'rinda Ashraf Hakimi va Torgan Azarlar borishmoqda. Ularda 10 tadan assist mavjud.
26-turning markazi uchrashuvlari
Yana bir bor eslatib o'tamiz. Bundesliga 16 maydan start oladi. Ilk uchrashuvlari bizning vaqt bilan 18:30 da boshlanadi. 26-turning markaziy uchrashuvi “Shalke” va “Borussiya Dortmund” klublari o'rtasida “Signal Iduna Park”da bo'lib o'tadi. Muxlislarsiz ham bu uchrashuv futbolni sog'inganlar uchun biro lam zavq ulashishi turgan gap. Keyin bizni “Frankfurt” va “Borussiya M” jamoalari to'qnashuvi kutib turibdi. Yakshanba kuni “Bavariya” autsayder “Unioin Berlin”ni sinovdan o'tkazadi. Tur dushanba kuni “Verder” va “Bayer” o'rtasidagi o'yindan so'ng to'liq yakun topadi.
Qolgan turlardagi eng markaziy uchrashuvlar
27-tur
“Borussiya M” – “Bayer”
Yuqorida aytilganidek jamoalarni EChLning 4-yo'llanmasi uchun qaxshatqich jang kutib turibdi. O'rtadagi 2 ochko farqni yo'q qilish yoki uni kattalashtirish imkonini tomonlar qo'ldan boy bermaslik uchun harakat qilishadi.
28-tur
“Borussiya Dortmund” – “Bavariya”
Agar bu uchrashuvda “Bavariya” g'alaba qozonsa, deyarli chempionlikni qo'lga kiritdi deb hisoblasak bo'ladi. Sababi oddiy. O'rtadagi 7 ochko farqni yo'q qilish mushkullashib ketadi. Agar Dortmundliklar g'olib chiqishsa, o'rtadagi farq bittaga qisqaradi va musobaqa yakuniga qadar chempionlik uchun kurash olib borish imkoniyati paydo bo'ladi.
33-tur
“RB Leyptsig” – “Borussiya Dortmund”
Bu uchrashuv tomoshoboplik borasida barcha chempionatlarga o'rnak bo'lishi mumkin. Ikki kuchga to'lgan va hujumkor jamoalar o'rtasidagi kurash. Musobaqadagi ikkinchi va uchinchi o'rinlarni bo'lishib turgan klublar 33 turda juda ko'p narsani hal etib olishlari mumkin. Agar 33 turga qadar “Bavariya” ikki bor qoqilsa, bu o'yin yakunda chempion nomini aniqlab berishi ham hech gap emas.
Manba: Stadion.uz