«PSJ» Tuxelni klub boshqaruvida olib qolishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359
«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel klubda ishlashda davom etadi, deya xabar tarqatdi "Sport Bild" nashri.
Jamoa Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, chorak finalga chiqqani rahbariyatga ma'qul keldi. Bundan tashqari, yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz klubning qaroriga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Chunki «PSJ» Tuxelni muddatidan avval iste'foga chiqarib, unga 10 mln evro miqdorida kopensatsiya puli to'lashga tayyor emas.
Shu bois, klub sport direktori Leonardo «Yuventus» sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri va «Latsio» ustozi Simone Indzagi bilan muzokaralarni to'xtatdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!