Rasman. Ukraina chempionati qayta boshlanish sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 339
Ukraina Premer-ligasi 30 may kuni qayta boshlanadigan bo'ldi. Bu haqda Kievning «Dinamo» klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Avvalroq Ukraina chempionati aynan shu sanada boshlanishi rejalashtirilgani haqida xabar tarqalgan edi. Ammo keyinchalik OAV orqali mavsum 1-2 hafta keyinroq qayta davom ettirilishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Yakunda esa bahorning so'nggi kunlarida chempionatni qayta boshlash haqida qaror qabul qilindi. Rejaga ko'ra, mavsum 19 iyul kuni yakuniga etkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!