Jiru Frantsiya terma jamoasidagi rekordlarni yangilamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378
«Chelsi» klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru faoliyatining qolgan qismida o'z oldiga qanday maqsadlar qo'yayotganini aytdi. 33 yoshli hujumchi faoliyati davomida Frantsiya termasi safida 39ta gol urgan.
«Frantsiya termasi tarixida o'z izimni qoldirishni istayman. Men terma safida 97ta o'yinda maydonga tushganman. Ushbu raqamni 100taga etkazmoqchiman.
Gollarim soni bo'yicha esa Mishel Platinining natijasiga 2ta to'p qoldi. Uning ko'rsatkichini yangilash — mening maqsadim. Kelasi yilda esa Frantsiya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo'lishni istayman», - dedi Jiru.
Eslatib o'tamiz, afsonaviy Platini Frantsiya terma jamoasi safida 41ta gol urgan.
Jiruning «Chelsi» bilan shatnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan.