Vagiz Galiulin: «Nefteximik» — RPLda ishtirok etishga qodir»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210
«Nefteximik» yarim himoyachisi Vagiz Galiulin o'z jamoasining Rossiya premer-ligasiga chiqish borasidagi abmitsiyalari haqida gapirdi.
«Hozirgi «Nefteximik» ancha oyoqqa turib olgan. Hozir bu jamoa o'z oldiga yuqori vazifa qo'ygan, tarkibida boshqa o'yinchilar bo'lgan o'zgacha klub. Nazarimda, Rossiya premer-ligasida o'ynay olamiz: tarkibimiz va murabbiylarimiz shtabimiz jiddiy. Ushbu mavsumdagidek o'ynasak, hammasi joyida bo'ladi», — dedi Galiulin "Biznes Online" nashriga bergan intervyusida.
«Nefteximik» FNLning ushbu mavsumida 27-turdan so'ng 48 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi. 32 yoshli o'zbekistonlik futbolchi mazkur mavsumda 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!