"Lion" hujumchisini 50 million evroga sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, "Lion" hujumchi Ussem Auarni "Yuventus" yoki "Manchester Siti"ga 50 million evroga sotishga tayyor.
Manbada qayd etilishicha, 21 yoshli futbolchi ushbu mavsumdagi ajoyib o'yinlari, shu jumladan Chempionlar ligasida «Yuventus»ga qarshi ko'rsatgan o'yinlaridan so'ng ko'plab klublarining e'tiborini jalb qildi.
"Lion" keyingi mavsumda Evrokuboklarda qatnasha olmasligi sababli Auar bilan xayrlashishga tayyor.
Ushbu mavsumda Auar "Lion" safida 37 o'yinda 9 ta gol urdi va 7 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: CalciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!