Key liga. «Seul» mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210
Janubiy Koreya Key ligasining 1-tur o'yinlari davom etmoqda. Ikrom Aliboevning "Seul"i bugun safarda "Kangvon" klubi mehmoni bo'ldi.
Mezbonlar to'pni nazorat qilib, qisqa paslar orqali o'ynashni yaxshi ko'radigan jamoa ekani ko'zga tashlandi. Birinchi bo'limdayoq ular seulliklarni ancha qiynashdi. Ammo hisobni ochish "Seul"ga nasib etdi. Bahsning 36-daqiqasida Park Dong-Jin tomonidan 15 metrlardan yo'llangan zarba natijasida to'p rekoshet holatida darvozadan o'rin oldi.
"Kangvon" ikkinchi bo'lim boshida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. O'yin so'ngida esa ular ikkita gol urib, g'alabani o'z tomonlariga og'dirishdi.
Uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlagan Aliboev 60-daqiqada zaxiraga olindi.
Janubiy Koreya Key 1 ligasi, 1-tur. 12:30
«Kangvon» - «Seul» - 3:1 (0:1)
Gollar: Kim Ji-Xyun (52), Cho Je-Van (85), Kim Syong-De (87) — Park Dong-Jin (36)
"Kanvon": Li Bum-Su, Shin Kvang-Xun, Kim Oh-Kyu, Lim Chay-Min, Kim Yong-Bin, Xan Kuk-Yong, Jung Seok-Xva (Li Xyun Sik 62), Li Yong-Je, Seo Min-U (Kim Ji-Xyun 46), Kim Syong-De, Cho Je-Van
"Seul": Yu Sang-Xun, Kim Nam-Chun (Kim Von-Sik 45+2), Xvang Xyun-Su, Kim Ju-Sung, Osmar, Ko Kvang-Min, Ju Se-Jong, Ikrom Aliboev (Go Yo-Xan 60), Kim Jin-Ya, Park Chu-Yong, Park Dong-Jin (Peshich 72)