APL o'yinchilari 14 maydan koronavirusga testdan o'tkazila boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333
Angliya premer-ligasi mavsumni qayta boshlash uchun tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda. "The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, 14 may sanasidan futbolchilar koronavirusga test topshira boshlashadi.
Premer-liga bu borada Gonkongning biotexnologiya kompaniyasi bilan 4 million funt sterling miqdorida shartnoma imzoladi. Ma'lumotlarga qaraganda, test natijasi 24 soatdan keyin aniq bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!