Pyanich «Barselona» bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 280
«Yuventus» yarim himoyachisi Miralem Pyanich katta ehtimol bilan faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Bosniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan 4 yilga mo'ljallangan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Endi klublar o'zaro kelishib olishlari talab etiladi. Turinliklar Pyanichni 60 million evroga baholashmoqda.
«Yuventus» Pyanichni «Barsa» yarim himoyachisi Arturga almashishga qarshi emas, ammo braziliyalik futbolchi «Kamp Nou»ni tark etmoqchi emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!