«Borussiya D» ikkita yo'qotishga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392
Dortmundning «Borussiya» klubi mavsum boshlanishi arafasida ikki o'yinchisini yo'qotdi. «Asalarilar» yarim himoyachilari Aksel Vittsel va Emre Jan individual mashg'ulot paytida jarohat olishdi.
Har ikkala futbolchining son qismidagi mushagi jarohatlanganligi taxmin qilinmoqda. Ularning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida hozircha ma'lumot yo'q. Ammo ular 16 may kuni bo'ladigan «Shalke»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishadi.
Shuningdek, yarim himoyachi Marko Roys va himoyachi Dan-Aksel Zagaduning derbida ishtiroki etishi so'roq ostida turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!