Kordoba: «MYu» Lukakuning iqtidoridan foydalana olmadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222
Italiyaning «Inter» klubi sobiq himoyachisi Ivan Kordoba jamoa hujumchisi Romelu Lukakuning joriy mavsumda ko'rsatayotgan o'yinidan qoniqish hosil qilayotganini bildirdi.
«Lukaku – ajoyib futbolchi. «Manchester Yunayted» uni iqtidoridan foydalana olmadi. Premer-Liga Lukakuning o'sishida katta yordam berdi.
«MYu» uni qo'yib yuborgani alamli, lekin men «Inter» shunday futbolchini o'z safiga qo'shib olganidan xursandman», – dedi Kordoba.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!