Mayk Taysonga regbichi bilan jang uchun 1 mln dollar taklif qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389
Avstraliyalik promouter Brayan Amatruda Mayk Tayson ishtirokida ko'rgazmali jang tashkil qilmoqchi.
U raqib sifatida Yangi zelandiyalik regbichi Sonni Bill Uilyams, avstraliyalik Pol Gallen yoki avstraliyacha futbol sobiq vakili Berri Holl kabi sportchilarni taklif qildi.
«Ha, u 53 yoshda, biroq Tayson yirik figura. Berri Holl, Pol Gallen va Sonni Bill Uilyams — bu yigitlarning istalgan biri u bilan jang qilishga tayyor.
Men 10 ming tomoshabinga mo'ljallangan «Melburn Arena»da jang tashkil qilishga tayyorman. Yoki «Prins Park»da, Jeff Fenek va Azuma Nelson o'rtasidagi jangda u erda 30 ming tomoshabin yig'ilgandi. Birinchi navbatda Taysonning agentiga qo'ng'iroq qildim va undan Maykka 1 million dollar taklif qilishni so'radim», — deydi Amatruda.
Manba: daryo.uz