"Liverpul" darvozaboni Bundesliga klubi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285
Angliyaning "Liverpul" klubi darvozaboni Loris Karius Germaniyaga qaytishga tayyor.
Shu haftada darvozabon "Beshiktash" klubidan maoshlarini ola olmagani sababli, ijara shartnomasini bekor qilgandi.
Turkiya OAVsining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kariusga o'ziga yangi jamoa topishi haqida ogohlantirish berilgan. Shundan so'ng, darvozabon Germaniyaning "Gerta" klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Biroq, nemis klubining bosh menejeri Mixael Prets Karius borasidagi savollarga javob bermadi, lekin uning kelayotganini rad etmadi ham.
"Odatda biz bunday mish-mishlarga rasmiy izoh bermaymiz va biz bu rioyaga amal qilishni xohlayman", - dedi Prets.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!