«Energetik» Yaxshiboevning dubli evaziga peshqadamni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 263
Belarus chempionatining 8-turiga start berildi. «Energetik-BGU» klubi bugun safarda peshqadam "Slutsk" klubi mehmoni bo'lib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
Birinchi bo'limda "talabalar" ikkita penalti ishlashga muvaffaq bo'lishdi. O'zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboev har ikkala 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi.
O'yin tugashiga 4 daqiqa qolganida "Slutsk" forvardi Muhammad Umar Bala hisobni bittaga qisqartirdi.
Yaxshiboev esa ikkinchi bo'limda bir emas, yana ikkita gol urishi mumkin edi. Taym boshida Jasur Bakichdan uzatma qabul qildiyu, bir himoyachini aldab, bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. O'yin so'ngida esa o'zbekistonlik futbolchi o'zbekistonlik hujumchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, posbonni dog'da qoldira olmadi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida Musaxanyan maydondan chetlatilgani bois, "Energetik-BGU" qolgan daqiqalarda bir kishi kam bo'lib o'ynashga majbur bo'ldi.
Shu qaramay, Yaxshiboev va Umarov (darvoqe, Shahboz ikkinchi bo'lim boshida zaxiraga olindi) jamoasi safardan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.
Belarus chempionati, 8-tur
Slutsk – Energetik-BGU 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 17, penalti Yaxshiboev, 0:2 – 28, penalti Yaxshiboev, 1:2 – 41 Umar Bala.
Slutsk – Pankratov, Trubilo, Obrazov, Chebotaev, Krivulkin, Koanda, Takulov, Kozlov, Umar Bala, Salu, Sirima (Serdyuk, 70).
Energetik-BGU – Lesko, Yudchits, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboev, Umarov (Bakich, 46), Tve, Musaxanyan.
Ogohlantirishlar: Musaxanyan (26), Trubilo (28), Tve (42), Bakich (67).
Chetlatish: Musaxanyan (71).