Krishtianu Ronaldu O'zbekiston MMA assotsiatsiyasi libosida ko'rinish berdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 498
Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu O'zbekiston MMA assotsiatsiyasi logotipi aks etgan futbolkada tushgan suratini Instagram sahifasiga joyladi.
Futbolchi farzandlari bilan tushgan suratdagi futbolka engida «UMMAA.UZ» yozuvi tasvirlangan.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston MMA assotsiatsiyasi 2019 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan. Uning rahbari — O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning kenja kuyovi Otabek Umarov hisoblanadi.
Assotsiatsiya 2019 yilning 23 noyabrida Toshkentdagi «Humo-Arena»da GFC 20 musobaqasini o'tkazgandi. Mazkur kechaning asosiy jangi Umar Nurmagomedov ishtirokida bo'lgan. Shuningdek, mazkur tadbirga Habib Nurmagomedov va uning jamoasi, afsonaviy bokschi Roy Jons, MMA yulduzi Jeff Monson kabi faxriy mehmonlar tashrif buyurgandi.