Milik uchun Madrid klubi kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 340
Football Italia nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Arkadiush Milik yozgi transfer bozorida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
26 yoshli polshalik futbolchiga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun 25 million evro sarflashga tayyor.
Milikning o'zi neapolliklar tarkibini tark etish niyatida yuribdi, chunki, u bir necha marta shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
Eslatib o'tamiz, Milikka «Milan», «Yuventus» va «Shalke» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!