Abidal nima uchun Moskvaga tashrif buyurdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 287
Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori Erik Abidal nima uchun Moskvaga tashrif buyurganini ochiqladi.
Manbaning yozishiga qaraganda, frantsiyalik mutaxassis Rossiya poytaxtiga "Lokomotiv" klubi rahbarlari bilan uchrashish uchun tashrif buyurgan. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, moskvaliklar "ko'k-anorranglilar"ning ishlash uslubi bilan yaqindan tanishish niyatida.
Abidal "temiryo'lchilar" vakillari bilan uchrashuvda va barcha qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Avvalroq, "Barselona" sport direktori Moskvaga "Lokomotiv" klubi futbolchisi Aleksey Miranchuk masalasida tashrif buyurgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!