Mbappe Frantsiya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312
Frantsiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionati to'purari bo'ldi, deya xabar tarqatmoqda L'Equipe.
Eslatib o'tamiz, Liga 1 koronavirus pandemiyasi tufayli muddatdan oldin yakunlangandi. Parijliklar mamlakat chempioni bo'ldi.
Ayni paytgacha Mbappe va "Monako" klubi hujumchisi Vissam Ben Yedderlar 18 tadan gol kiritishgan. Biroq, Ben Yedder kiritgan gollarining uchtasini penaltidan urgan, Mbappe bo'lsa barcha gollarini o'yin davomida kiritgan, shu sababli, frantsiyalik hujumchi mamlakat to'purari deb tan olindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!