Pochettino muzokara olib bordi va bosh murabbiy bo'lishga rozilik berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 717
Londonning "Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Nyukasl" klubining yangi xo'jayinlari bilan muzokara olib bordi.
L'Equipe nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, muzokara klubni boshqarish istiqboli haqida bo'lib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" klubining 80 foiz aktsiyasini Saudiya Arabistonilik milliarder sotib olish niyatida va jamoani boshqarish uchun Maurisio Pochettinoni munosib murabbiy sifatida baholamoqda.
Xabarda aytilishicha, argentinalik mutaxassis jamoani yangi mavsumdan qabul qilib olishga rozilik bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!