Bolgariya chempionati iyun oyi boshida start oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201
Bolgariya ekspert komissiyasi mamlakat chempionatini 5 iyun sanasidan qayta boshlashga ruxsat berdi. Bu haqda Bolgariya futbol ittifoqi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, klublar mashg'ulotlarni may oyi o'rtalarida boshlashadi. Bolgariya chempionati qisqartirilgan variantda o'tkaziladi. 2019/20 yilgi mavsum 11 iyul kuni yakuniga etadi.
22 iyul kuni esa Bolgariya superkubogi o'tkazilib, 25 iyul kuni 2020/21 yilgi mavsum start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!