Anri: "Obameyangni qolishini xohlayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349
"Arsenal"ning eng yaxshi to'purari Terri Anri hujumchi Per-Emerik Obameyangni "kanonirlar" safida qolishiga ishonmoqda.
"Maslaxat bermoqchi emasman, biroq umid qilaman, Obameyang "Arsenal"da qoladi. Albatta, uning o'z xayoti bor buni tushunib turibman. Balki u o'z kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchidir, lekin men uni qolishini xohlayman", -deydi Anri.Eslatib o'tamiz, uning xizmatiga "Inter" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda. Obameyang joriy mavsum 26ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!