APL tarixidagi eng omadsiz transferlar ro'yxati e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1230
ESPN nashri Angliya Premer-Ligasi tarixidagi eng omadsiz transferlar ro'yxatini tuzib chiqdi. Dastlabki "o'nlikka" Ukraina terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko ham kiritildi.
Qayd etish kerakki, ushbu ro'yxatdan "Chelsi"ning to'rt (!) nafar futbolchisi joy oldi. Ularning uchtasi rossiyalik oligarx Roman Abramovichning davriga to'g'ri keladi.
APL tarixidagi eng omadsiz "kuchli o'nlik" bilan tanishing:
1. Ali Dia («Sautgempton», 1996);
2. Deniel Drinkuoter («Chelsi», 2017);
3. Rikardo Alvares («Sanderlend», 2015);
4. Boshko Balaban («Aston Villa», 2001);
5. Adrian Mutu («Chelsi», 2003);
6. Pablo Osvaldo («Sautgempton», 2013);
7. Andrey Shevchenko («Chelsi», 2006);
8. Tomas Brolin («Lids», 1995);
9. Vinston Bogard («Chelsi», 2000);
10. Mario Balotelli («Liverpul», 2014).