Rossiyada ham chempionat muddatdan oldin yakunlanishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333
Chempionat taqdiri keyingi hafta hal bo'ladi
15 may kuni belgilangan RFI ijroqo'mitasi Rossiya Premer-Ligasining muddatdan oldin yakunlanganini e'lon qiladi, deya xabar bermoqda «Sport-Ekspress».
Manbaning yozishiga qaraganda, «Zenit» o'tkazilgan 22-turdan keyin chempion deb e'lon qilinadi. Evrokuboklarga o'rinlar mavsum yakunlangani e'lon qilinganidan so'ng, jamoalarning egallab turgan o'rinlaridan chiqib belgilanadi.
«Zenit» va «Lokomotiv» klublari EChLga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oladi. «Krasnodar» EChLning pley-off bosqichida ishtirok etadi. Evropa Ligasining guruh bosqichiga «Rostov» klubi yo'l oladi. TsSKA va «Dinamo» klublari esa 3 va 2-saralash bosqichlarida ishtirok etishadi.
Shuningdek, qayd etilishicha, «Kriilya Sovetov» va «Axmat» klublari RPLdagi o'z joylarini saqlab qolishadi. Keyingi yilgi mavsumda 18 ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.