«Liverpul» Turkiya superligasidan o'yinchi olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309
Turkiyaning «Beshiktosh» klubi va Xorvatiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Domagoy Vida faoliyatini «Liverpul» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning Yeni Asir portali xabar bermoqda.
Vidani "qizillar" murabbiylar shtabi rotatsiya o'yinchisi sifatida o'z rejalariga kiritishmoqda. Domagoy Jo Gomes yoki Virdjil van Deyklarning o'rniga maydonga tushadigan futbolchi vazifasini bajarishi mumkin.
Shuningdek, «Liverpul» Vidani o'z safida ko'rishni istayotgan yagona klub emas. Xorvatiyalik futbolchiga «Aston Villa» klubi ham davogarlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!