Rasman. Belgiyada mavsum bekor qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 444
Belgiya hukumati eng kamida iyul oyi so'ngiga qadar har qanday sport tadbirlarini o'tkazishni taqiqlash haqida qaror qabul qildi. Shu bois, mamlakatda futbol mavsumini oxiriga etkazish imkoniyati yo'qqa chiqdi.
Avvalroq Belgiya futbol ligasi mavsum oxiriga etkazilmasligi haqida bayonot bergan bo'lsa-da, federatsiya yakuniy qaror chiqarishga shoshilmayotgan edi. Yakunda esa hukumat tomoshabinlarsiz ham uchrashuvlarni o'tkazishga ijozat bermadi.
Tez kunlarda Federatsiya Belgiya chempionati muddatidan avval yakunlangani haqida qaror qabul qiladi. «Bryugge» esa mamlakat chempioni deb e'lon qilinadi. Evrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar nomi jadvalning hozirgi holatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Avvalroq Evropada Frantsiya va Niderlendiya chempionatlari muddatidan oldin bekor qilingan edi.