Rakitich sobiq klubiga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 272
Marca nashrining xabariga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini "Sevilya"da davom ettirishi mumkin. Futbolchi sobiq klubiga qaytishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Sevilya" futbolchi uchun pul to'lamoqchi emas, andalusiyaliklar uni tekinga qo'lga kiritmoqchi. Rakitichning "Barsa" bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, xorvatiyalik futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnomani bekor qilishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!