"Real" yarim himoyachisi La Liganing boshqa klubiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini La Liganing boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
20 yoshli futbolchi madridliklar safida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. "Real" futbolchini ijaraga bermoqchi.
"Betis" futbolchi uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. "Bodringlar" Braimga asosiy tarkibdan joy kafolatlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Dias La Ligadan joriy mavsum bor yo'g'i 130 daqiqa harakat qildi. U 2019 yil "Siti"dan 17 million evroga ko'chib o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!