FIFA keyingi hafta futbol qoidalariga vaqtinchalik o'zgartirish kiritishni maqullaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 252
FIFA keyingi hafta uchrashuv mobaynida beshta futbolchi almashtirishni vaqtincha futbol qoidalariga kiritishni maqullaydi, deya xabar tarqatmoqda Marca.
Eslatib o'tamiz, FIFA aprel oyining oxirida vaqtinchalik chora sifatida bitta o'yinda futbolchi almashtirishlar sonini uchtadan beshtaga ko'paytirishni taklif qildi.
Manbaning yozishiga qaraganda, tegishli hujjatlar allaqachon tayyorlangan va keyingi hafta FIFA tomonidan e'lon qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!