«Barselona» Lautaroning transferi borasida kelishuvga erishdimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198
Bu xabar tasdiqlanmoqda.
Ispaniya OAVsi tarqatgan ma'lumotga qaraganda, «Barselona» "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martinesni qo'lga kiritish borasida kelishuvga erishdi. Avvalgidek, «Barselona» Lautaro uchun 100 million evro emas, 60 million evro va yana ikki nafar futbolchisini beradigan bo'ldi. O'z navbatida esa, bu variant «Inter» rahbariyatini qoniqtirdi.
Taxmin qilinishicha, "Inter"ga ketadigan ikki nafar futbolchilar ro'yxatida Ivan Rakitich, Samyuel Umtiti, Karles Alenya va Nelson Semedular bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!