Rasman! «Barselona»ga mashg'ulot uchun ruxsat berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312
«Barselona» yaqin orada mashg'ulotga qaytishini rasman tasdiqladi. 5 may, seshanba kuni La liga nazoratchilari klub bazasiga tashrif buyurib, jamoaning mashg'ulotlarni boshlashiga ruxsat berdi.
Chorshanba kuni barcha futbolchilar va xodimlar koronavirusga testdan o'tishadi. Natijalar manfiy chiqsa, mashg'ulotlar boshlanadi. Dastlabki mashg'ulotlar individual tarzda o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!