Kicker: Germaniya chempionati 15 may kuni boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308
Germaniya hukumati karantin bilan bog'liq cheklovlarni olib tashlash bo'yicha choralarni ishlab chiqmoqda. Unga ko'ra, mamlakatda tomoshabinlarsiz futbol uchrashuvlarini o'tkazishga ruxsat beriladi.
Dastlab Bundesliga 9 may kuni qayta boshlanishi rejalashtirilgan edi, ammo Liga futbolchilarning barchasini koronavirusga testdan o'tkazmoqchi.
Shundan so'ng futbol federatsiyasi, test natijalari asosida, mavsumni davom ettirish mumkin yoki mumkin emasligi haqida qaror qabul qiladi. Hammasi yaxshi bo'lsa, chempionat 15 may kunidan start berilishiga ruxsat berilishi mumkin.
Bunday holatda Bundesliga Evropada tanaffusdan keyin birinchi bo'lib mavsumga qaytgan chempionatga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!