PSJ futbolchisi jamoani tark etishga tayyor. Unga "A" Seriya grandlari da'vogar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270
PSJ vingeri Yulian Draksler yozda jamoasini almashtirmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Draksler faoliyatini "A" Seriyada davom ettirmochi. Uning xizmatiga "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. PSJ futbolchini 20 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, 2019/20 mavsumda Draksler 11ta o'yinda maydonga tushib, 5ta golga assistentlik qilgan. Frantsiya chempionati koronavirus sababli muddatidan avval yakunlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!