"Liverpul" shoshilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318
"Liverpul" rasmiylari "Leyptsig" hujumchisi Timo Verner borasida muzokaralarni vaqtincha to'xtatib turmoqchi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar tarqatdi.
"Liverpul" Verner borasida hozircha rasmiy taklif yubormadi. Klub moliyaviy ahvolini to'g'rilab olmoqchi. "Qizillar" pandemiya tufayli yo'qotishlarga duch kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Verner uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Uning xizmatiga shuningdek, "Chelsi", "Bavariya" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!