Yovichga APLning oltita klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189
Angliyaning oltita klubi Madridning «Real» klubi hujumchisi Luka Yovichni o'z safida ko'rishni istamoqda. Bu haqda 90min.com sayti xabar bermoqda.
Avvalroq, Yovichga «Nyukasl», «Vest Xem» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi. Endi unga «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Everton» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
2019/2020 yilgi mavsumda Yovich "Real" tarkibida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!