Kimmix va Goretska koronavirusga qarshi kurash uchun katta miqdorda pul to'pladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 657
Shu yilning mart oyida «Bavariya» futbolchilari Yozua Kimmix va Leon Goretska #WeKickCorona onlayn-platformasini yaratishgan edi. Shu paytgacha ular bu orqali koronavirusga qarshi kurash uchun 4 million evro miqdorida mablag' to'plashdi.
Kimmix va Goretska birgalikda ushbu jamg'arma uchun 1 million evro ajratishdi. Umuman olganda, jami 3500 kishi ushbu xayriyaga o'z ulushini qo'shdi. Ular orasida futbolchilar — Mats Xummels, Leroy Sane, Yulian Draksler, Timo Verner, tennischi Aleksandr Zverev va basketbolchi Dennis Shreder bor.
«Bu tashabbus — bizning futbolchilar jamiyat uchun o'rnak bo'la olishini va inqiroz paytida birlashishimiz mumkinligini isbotlashdi», — dedi «Bavariya» bosh direktori Karl-Xaynts Rummenigge.