Loris: "Liverpul"ni sovrinsiz qoldirish — shafqatsizlik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209
"Tottenxem" posboni Ugo Loris Yurgen Klopp jamoasi APL chempionligiga munosib deb hisoblamoqda.
Angliyada mavsumni qayta boshlash haqida o'ylanmoqda. Hozircha aniq sana yo'q. Shu bilan birga, mavsum muddatidan oldin tugasa, "Liverpul"ga chempionlik sovrini berilmaydi.
"Biz qiyin vaziyatga tushib qoldik. Mavsumni shu tarzda tugatish dahshatli bo'lar edi.
"Liverpul" deyarli chempion. Ularni sovrinsiz qoldirish — shafqatsizlik. O'z navbatida, futbol yopiq eshiklar ortida o'tkaziladigan sport turi emas. Tomoshabinsiz o'ynash qiyin.
Shu bilan birga, biz iqtisodiy muammolarni tushunamiz. Salomatlik va mavsumni qanday yakunlash kerakligi to'g'risida kerakli qaror chiqara olish juda muhim», — dedi Loris.
"Tottenxem" ayni damda sakkizinchi o'ringa tushib ketgan bo'lsa ham, Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashmoqda.