Lyaport Kompani haqida nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237
Angliyaning «Manchester Siti» klubi markaziy himoyachisi Emerik Lyaport jamoaning sobiq futbolchisi Vensan Kompani haqida iliq fikr bildirdi.
«Kompani juda yaxshi futbolchi, buni ko'pchilik bo'ladi, shuningdek, u ajoyib inson. U har doim mayda detallarga ham e'tibor qaratgan. Vensan yosh futbolchilarni qo'llab-quvvatlardi. Jamoaga moslashib ketishimda uning roli katta bo'lgan va bu uchun unga minnatdorchilik bildiraman. Har bir mashg'ulot mobaynida u qaysi vazifani qanday bajarsak yaxshi bo'lishini uqtirardi.
Mashg'ulotlar davomida u futbolchilar uchun namuna edi. Kompani har doim ikki kishi uchun ishlardi», — dedi Emerik Lyaport.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!