Aleksis Sanchesga kutilmagan nomzod paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282
«Manchester Yunayted» klubining chililik futbolchisi Italiya qolishi mumkin.
Italiya OAVsining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Aleksis Sanchesning xizmatiga Rimning "Roma" klubi qiziqish bildirmoqda. Rimliklar chililik hujumchini sotib olish huquqini o'zlariga saqlamagan holda, ijaraga olishmoqchi.
Ayni paytda huquqiy jihatdan "MYu"ga tegishli bo'lgan Sanches «Inter» klubi safida ijara asosida o'ynamoqda. Milanliklar uni sotib olishni istamayapti. Shuningdek, «Manchester Yunayted» klubi ham o'z navbatida chililik hujumchini o'z safiga olib kelish niyatida emas.
Sanchesning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yil amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!