"Liverpul" futbolchisi bir yarim oydan beri ko'chaga chiqmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303
Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachisi Deyan Lovren karantin davrida uyda nimalar bilan shug'ullanayotgani haqida o'rtoqlashdi.
«To'rtta devor orasida o'tirish oson ish emas. Bir yarim oydan beri o'zimizni izolyatsiya qilish shartlariga dosh berib kelyapmiz. To'g'risini aytganda, hammasidan ham ko'ra ko'proq ruhiy bosimdan qiynalyapman. Imkon qadar uyda samarali ravishda mashq qilishga harakat qilyapman. O'g'lim bilan uyimizning orqasida futbol o'ynab turibmiz. Lekin, «Liverpul»ning an'anaviy mashg'ulotlariga hech narsa teng kela olmaydi.
Hatto shunday sharoitda ham g'ayratli bo'lishga harakat qilyapman. Ammo, har kuni bu ishni qilish qiyin. Biroq, insonni xursand qiladigan tomoni shundaki, ortiqcha vazn tashlashga erishdim», — dedi Deyan Lovren.