Rasman! A Seriya klubi birinchi bo'lib mashg'ulotlarni boshlashini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 286
"Sassuolo" karantindan chiqib, mashg'ulotlarga kirishganini e'lon qilgan A Seriyaning birinchi klubiga aylandi.
2 may kuni klub rasmiy veb-saytida futbolchilar 4 may, dushanba kunidan boshlab mashg'ulotlarni qayta boshlashlari haqida rasmiy ma'lumot paydo bo'ldi. Futbolchilarga maydonga ijtimoiy masofa qoidalariga muvofiq kirishga ruxsat etiladi, kiyim almashtirish xonasi, sport zallari kabilarga kirish taqiqlanadi.
Mashg'ulot asosan individual bo'lib, uchta mashg'ulot maydonida bir soat davom etadi. Har bir maydonda bir vaqtning o'zida 2 nafar futbolchi shug'ullanadi — maydonning har yarmida bittadan. Ta'kidlanishicha, texnik xodimlar qatnashmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!