Martines «Barselona»ga o'tishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301
«Inter»ning argentinalik hujumchisi aftidan Primera chempionining safiga o'tishga yaqin turibdi.
22 yoshli argentinalik Lautaro Martines "Barselona" klubi safiga o'tishga rozilik bergani haqida Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Nashrning ma'lumotiga qaraganda, Lautaro Martines «Inter» klubi tomonidan bo'lishi kutilayotgan yangi shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va butun diqqat-e'tiborini Ispaniya grandi safiga ko'chib o'tishga qaratdi.
Qayd etish kerakki, so'nggi paytlarda tarqatilgan ma'lumotlarga qaraganda, Italiyaning "Inter" klubi o'z hujumchisining transferidan 90 million evro ishlab olish niyatida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!