«Atletik» UEFAni tanqid ostiga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
Bilbaoning «Atletik» klubi UEFA tomonidan Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga yuborilgan tavsiyaga nisbatan o'z noroziligini bildirdi.
UEFA tavsiyasiga ko'ra, agar mamlakat kubogi yakuniga etkazilmaydigan bo'lsa, Evropa ligasi uchun yana bir yo'llanma turnir jadvalidan kelib chiqib (Ispaniyada 7-o'rin) aniqlanadi. Ispaniya kubogi finaliga chiqqan "Atletik" esa jadvalda 11-o'rinni egallab turibdi.
Avvalroq Ispaniya futbol federatsiyasi, agar mavsum oxiriga etkazilmasa, «Atletik» Evropa ligasida ishtirok etishini taxmin qilgan edi. Chunki, Ispaniya kubogining ikkinchisi finalchisi «Real Sosedad» jadvalda 4-o'rinni egallab turgani bois, u Chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega bo'ladi.
«Biz UEFAning qaroridan keskin norozimiz. Tashkilot 125ta jamoa ishtirok etadigan Kubok finalchisidan ko'ra, chempionatda 7-o'rinni egallab turgan klubni ustun hisoblamoqda», — deyiladi «Atletik» klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, "Atletik" va "Real Sosedad" o'rtasidagi Ispaniya kubogi final bahsi 18 aprel kuni Sevilya shahrida o'tkazilishi kerak edi. Ushbu bahs endi 5 avgust kuni bo'lib o'tishi mumkin.