15 yil avval Messi faoliyatidagi ilk golini urgan edi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329
Lionel Messi 2005 yilning 1 may kuni "Barselona"dagi gollar hisobini ochgan edi. Argentinalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida "Albasete"ga qarshi o'yinda ilk to'pini kiritgan edi.
O'shanda unga braziliyalik Ronaldino assistentlik qilgan edi. Leo esa imkoniyatdan samarali foydalanib, to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ygan edi.
O'shanda Messi hali 18ga to'lmagan edi. Aynan o'sha gol uni "Barsa" safida rasmiy o'yinlarda to'p kiritgan eng yosh o'yinchiga aylantirgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!