UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi navbatdagi yig'inni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17731
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi nafaqat erkaklar terma jamoalari uchun, balki ayollar terma jamoalariga ham bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Jumladan, O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi oldiga Tokio-2020 olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilganidan muxlislarning xabari bor.
Ana shu musobaqa saralashiga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida, Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkent viloyatining “Piramida” oromgohida yig'in o'tkazmoqda. Yig'in davomida murabbiylar shtabi tog'li hududda futbolchilar bilan mashg'ulotlar o'tkazib, ularning jismoniy holatini yaxshilash va jamoa asosini shakllantirish chora-tadbirlarini ko'rishadi.
Bahrom Norsafarov ushbu yig'inga quyidagi futbolchilarni taklif qilgan: Darvozabonlar: Jonimkulova Maftuna «Sevinch» Boymatova Gulandon «Metallurg» Himoyachilar: Asadova Dilrabo «AGMK» Xusnitdinova Solixa «Bunyodkor» Dadaboeva Xolida «Metallur» Bektemirova Dilnoza «Bunyodkor» Boboxujaeva Feruza «Sevinch» Shoyimova Maftuna «Sevinch» Zarbieva Tanzilya «Sevinch» Qo'chqorova O'g'iloy «Bunyodkor» Aziza Norboeva «So'g'diyona» Yarim himoyachilar: Nozimova Dildora «Metallur» Zoirova Umida «Bunyodkor» Turdiboeva Feruza «Metallurg» Baxromova Fazilat «Sho'rtan» Safina Rushaniya «Metallurg» Burxonova Malika «Sevinch» Panjieva Maftuna «Sevinch» Hujumchilar: Berdieva Kamola «Lokomotiv» Dadajanova Nilufar «Andijanka» Kudratova Nilufar «Sevinch» Karachik Lyudmila «Bunyodkor» Xabibullaeva Diyora «Metallurg»
Mazkur yig'in 15 fevralga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!