«PSJ» o'z futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229
Frantsiyaning «PSJ» klubi yarim himoyachi Ander Errera bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda, deya xabar tarqatmoqda Le10Sport.
30 yoshli ispaniyalik futbolchi Parijga o'tgan yilning iyul oyida «Manchester Yunayted» klubidan erkin agent sifatida yo'l olgan edi. Joriy mavsumda Errera «PSJ» tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urish bilan bir qatorda, bitta golli pasni amalga oshirdi.
Erreraning "PSJ" klubi bilan tuzilgan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali Erreraning transferini 16 million evro miqdorida baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!