Manba: Frantsiya chempionati oxiriga etkazilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228
Frantsiyaning Liga 1 va Liga 2 turnirlari oxiriga etkazilmasligi mumkin. Bu haqda "L’Equipe" jurnalisti Bertran Latur Tvitter orqali xabar tarqatdi.
Manbada 2020/2021 yilgi mavsum avgust start olishi haqida yozildi. Ammo joriy mavsum butunlay bekor qilinadimi yoki to'xtab qolgan mavsumning hozirgi ko'rinishida g'olib va evrokuboklar yo'llanmalar egalari aniqlanadimi — bu haqida ma'lumot berilmagan.
Liga 1da mavsum yakunlanishiga 10 tur qolgan edi. «PSJ» 68 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan edi. Parijliklar 2-o'rindagi «Marsel»dan 12 ochko oldinda borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!