OFK qit'amiz hakamlari uchun yangi onlayn kurslar tashkil etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201
Koronavirus pandemiyasi sabab butun dunyoda sport biroz tin olgan vaqtda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qit'amizdagi hakamlar bilim va malakasini oshirish bo'yicha ishlarini yangicha tartibda davom ettirmoqda.
Ayni vaqtda 300 nafardan ortiq hakamlar tashkil etilayotgan onlayn kurslarda ishtirok etib, o'z ko'nikmalarini yanada oshirib borishmoqda. OFKning elit hakamlari bilan bir qatorda, yaqindagina qit'a miqiyosidagi uchrashuvlarga tayinlana boshlagan ayol hamda erkak hakamlar nazariy mashg'ulotlar, onlayn muhokamalar hamda fitness mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.
OFK Hakamlar boshqarmasi tomonidan o'tkazilayotgan onlayn kurslarga 6 ta mintaqa bo'yicha quyidagi texnik ta'lim beruvchilar tayinlangan: Suresh Shrinivasan, Chung Yim Yau, Niu Huijun, Etsuko Fukano, Avni Hassoune va Vladislav Tseytlin kurslar tinglovchilariga o'yin qoidalari hamda o'yin vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bahsli vaziyatlar bo'yicha mashg'ulotlar olib borishmoqda.
Shu bilan birgalikda OFK Hakamlar akademiyasining kurslari ham davom ettirilmoqda. Ushbu onlayn kurslarni Farhod Abdullaev, Hakan Anaz hamda Sachiko Yamagishi olib borishmoqda.