"Milan" Donnarummaga yana bir o'rinbosar topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372
"Milan" klubi "Sporting" darvozaboni Luish Mashimianuga qiziqib qoldi. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, "rossonerilar" portugaliyalik posbon uchun 20 million evro to'lashga tayyor. Ular 21 yoshli Mashimianuni Donnarummaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, Donnarumma yozda jamoani tark etishi mumkin. Uning xizmatiga PSJ, "Yuventus" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!